2–3 yoshli bolalarda nutq koʻnikmalarini rivojlantirish
2–3 yoshdagi bolalarning nutq boyligi va tilini rivojlantirish
Bu yoshda farzandingizning soʻz boyligi tezda ortadi – u har kuni yangi soʻzlarni oʻrganishi mumkin. Odatda chaqalogʻingiz foydalanishi mumkin boʻlganidan koʻra koʻproq soʻzlarni tushunadi.
Farzandingiz juda koʻp otlardan foydalanadi – masalan, “chaqaloq”, “doʻst”, “mashina”, “qayiq”. Bundan tashqari, har xil turdagi soʻzlarni eshitasiz, jumladan:
- feʼllar – “oʻynash”, “borish”, “yurish”;
- sifatlar – “hoʻl”, “ogʻir”, “xira”;
- olmoshlar – “u”, “men”, “sen”;
- ravishlar – “tez”, “sekin”, “oz”.
Farzandingiz “koʻproq” va “koʻpchilik” singari soʻzlarni, shuningdek, savol berish uchun “kim?”, “nima?”, “qayerda?” kabi soʻzlarni ishlata boshlaydi.
Farzandingiz “men”, “meniki” va “sen” deb gapira boshlaydi. Uch yoshga kelib, u “meniki” va “seniki” soʻzlari oʻrtasidagi farqni tushunadi.
Nutqni rivojlantirishda gaplar va grammatika
Nutq rivojlanishi jarayonida bolangiz ikki yoshlar atrofida ikki soʻzli gaplardan foydalana boshlaydi. Uch yoshga kelib uch yoki undan ortiq soʻzdan iborat gaplarni ishlatishi mumkin – masalan, “Onam mashinaga oʻtiryapti”, “Men ham boraman” yoki “Oyogʻingga paypoq kiy”.
Siz grammatikani va koʻproq strukturali gaplarni eshita boshlaysiz. Misol uchun, “Men ketyapman” deyish oʻrniga bolangiz “Men boraman” deb aytishi mumkin. Bundan tashqari, uning oʻtgan zamonni qoʻllayotganini eshitasiz – masalan, “yurdi”, “sakradi”. Va u “mushuklar” yoki “otlar” kabi otlarni koʻplik shaklda qoʻllay boshlaydi.
Farzandingiz har doim ham koʻplik va oʻtgan zamon qoʻshimchasini toʻgʻri qoʻllashni bilavermasligi mumkin. Masalan, u “tovon” oʻrniga “oyoqlar” yoki “bordi” oʻrniga “borib keldi” deb aytishi mumkin. Chunki u hali ham til qanday ishlashini tushunishga harakat qilyapti.
Tushunish va tilni rivojlantirish
Bolangiz unga nima deyilayotgani va bu qanday aytilayotganini borgan sari koʻproq tushunadi, bu tilning rivojlanishidir.
Farzandingiz oʻzi oldindan biladigan bir va ikki bosqichli koʻrsatmalarni tushunadi – masalan, “Oʻyinchoqlaringizni olib, qutiga sol” yoki “Bu yerga kel va olmani ol”. U hali ham notanish mavzular yoki topshiriqlar haqidagi koʻrsatmalarni bajarishga qiynalishi mumkin.
Farzandingiz kattalarning “kim?”, “nima?” va “qayerda?” soʻzlari ishlatilgan savollariga javob bera boshlaydi, ammo u hali “nima uchun?” va “qanday qilib?” soʻroqlariga qanday javob berishni tushunmasligi mumkin.
Farzandingiz ovozingiz ohangidan sizning xursand, muloyim yoki badjahl ekaningizni bilib olishi mumkin.
Farzandingiz biror ish bajarishga harakat qilayotgan boʻlsa, u sizdan qanday yordam soʻrashni biladi.
U uydagi tartibni tushunadi va kun tartibida keyin nima boʻlishini taxmin qiladi. Misol uchun, agar siz unga poyabzalini kiyishni aytsangiz, u parkka ketayotganini biladi.
Tilni rivojlantirishda talaffuz
Uch yoshga kelib farzandingiz soʻzlarida nutq tovushlarining koʻpini ishlatadi, ammo u soʻzlarni kattalardan boshqacharoq talaffuz qilishi mumkin. Misol uchun, u “B” va “A” tovushlarini ayta olsa ham, ularni “Ba” boʻgʻiniga birlashtirishda muammoga duch kelishi mumkin. “Z”, “sh”, “f”, “v”, “r” va “y” kabi baʼzi qiyin tovushlarni aytish bolangiz uchun hali ham qiyin boʻlishi mumkin.
Farzandingiz uch yoshga toʻlganda notanish odamlar u aytayotgan gaplarning toʻrtdan uch qismini tushuna oladi.
Suhbatlashish koʻnikmalarini rivojlantirish
Farzandingiz navbatma-navbat gapirishni oʻrganadi va siz bilan qisqa suhbat qurishi mumkin.
Farzandingiz kun davomida sodir boʻlgan narsalar haqida soʻzlaydi. Sizning yordamingiz bilan u oddiy hikoya tuza oladi – masalan, kichkintoyingiz “men doʻkonga boraman” desa, siz “Doʻkonda nima qildingiz?” deb soʻraysiz. U “Konfet sotib oldik” deb javob beradi. Uch yoshga kelib u oʻzining tajribalariga asoslangan oddiy “oʻylab topilgan” hikoyasini aytib berishi, ammo juda koʻp tafsilotlarni tushirib qoldirishi mumkin.
Farzandingiz mavjud boʻlmagan odamlar va narsalar haqida gapiradi – masalan, “Doʻkondagi buvi”, “Mening koptogim daraxtda”.
Farzandingiz siz yoki boshqa katta yoshdagi yaqinlari gaplashadigan tarzda gapira boshlaydi. Hatto bolangiz aniq soʻzlarni aytganini ham eshitib qolasiz. U boshqa odamlarga, ayniqsa, yosh bolalarga “buyruq” berishni boshlashi mumkin!
Oʻyin va tilni rivojlantirish
Farzandingiz uch yoshga toʻlganda oʻynashni va gapirishni biladi – masalan, u oʻynayotgan oʻyinchoqlariga ovoz bera oladi. Shuningdek, boshqa bolalar bilan guruh boʻlib oʻynashni boshlaydi, oʻyinchoqlarini almashadi va navbat bilan oʻynaydi.
Siz qofiyalash, qoʻshiq aytish va ertak tinglash paytida bolangiz til bilan oʻynayotganini eshitishingiz mumkin. U juda baland yoki past ovozda gapira oladi.
Bolalar turli tezlikda oʻsib-rivojlanadi. Ushbu maqoladagi maʼlumotlar faqat tavsiya sifatida taqdim etiladi. Siz bolangizni hammadan koʻra yaxshiroq bilasiz. Agar uning nutqiy rivojlanishidan xavotirda boʻlsangiz, uning nutqi rivojlanishdan toʻxtab qolgandek tuyulsa yoki u ilgari egallagan til koʻnikmalarini yoʻqotgan boʻlsa, shifokor, pediatr yoki hamshirangiz bilan gaplashing. Agar siz murojaat qilgan mutaxassis bolangiz haqida qaygʻurmasa, lekin siz hali ham tashvishlanayotgan boʻlsangiz, boshqalarning fikrini bilganingiz maʼqul.