Bola tug'ilgandan keyin bajariladigan qadamlar va muolajalar
Terini artish
Bola tug'ilgandan keyin terini artish bolani mustaqil nafas olishga undaydi va issiqlik yo'qotishning oldini oladi. Yangi tug'ilgan chaqaloqning ho'l terisi orqali, ayniqsa boshining terisi orqali tezda issiqlik yo'qotiladi, shu sababli doyaning (akusherkaning) vazifasi bolani iloji boricha tezroq artish va isitishdir.
Bolani ona bilan tutashtiruvchi kindik ichakchasi kesilgandan so'ng, chaqaloq ona tanasidan ajralib, hayot bo'ylab mustaqil sayohatini boshlaydi. Tug'ilgandan keyin kindik ichakchasi qisib qo'yishni (qisqich qo'yib, kindik ichakchasidagi qon oqimini to'xtatishni) kamida 60 soniyaga kechiktirish tavsiya etiladi. Bu bolaning qon aylanishi va nafas olishini moslashishiga yordam beradi, shuningdek, chaqaloq kindik ichakchasi orqali qo'shimcha qon oladi, bu keyingi oylarda kamqonlikning oldini olishga ta'sir ko'rsatadi. Shundan so'ng kindik qaychi bilan kesiladi va bog'lanadi yoki unga maxsus qisqich (skoba) qo'yiladi.
Teri-teriga kontakti
Keyingi qadam teriga-teri kontakti bo'lib, bola va onasi o'zini yaxshi his qilsa o'tkaziladi.
Identifikatsion raqamli yorliqni bilagiga taqish
Bu tug'ruqxona tartib-qoidalariga muvofiq keyingi bosqich; identifikatsion raqamli yorliq onaning va yangi tug'ilgan chaqaloqning bilagiga bog'lanadi.
Yangi tug'ilgan chaqaloqni o'lchash (uzunligi, vazni va bosh aylanasi)
Ushbu bosqich teri-teriga kontakti va birinchi emizishdan keyinga qoldirilishi yaxshiroqdir.
- Yangi tug'ilgan chaqaloqni cho'milish tavsiya etilmaydi, chunki u bolaning sovuq qotishiga olib keladi va terining himoya qatlamini olib tashlaydi.
- Yangi tug'ilgan chaqaloqni onadan ajratish tavsiya etilmaydi, onaga yoki bolaga shoshilinch yordam talab qiluvchi holatlar bundan istesno.
Profilaktik muolajalar, vaktsinalar va tekshiruvlar
Tug'ilgandan so'ng darhol yangi tug'ilgan chaqaloqning gemorragik kasalligini oldini olish uchun K vitamini (chaqaloq sonining old qismida yuborilgan mushak orasi in'ektsiyasini) oladi. Hayotining birinchi kuni chaqaloq virusli gepatit B ga qarshi emlashning birinchi dozasini oladi; u K vitamini singari yuboriladi, faqat boshqa oyog'ida. Uyga chiqarishdan oldin chaqaloq silga qarshi emlanadi (BCG vaktsinasi); u chap qo'lning yuqori tashqi qismidagi teri orasiga yuboriladi. Metabolik skrining uchun barcha chaqaloqlardan qon namunasi olinadi. Milliy tavsiyalarga muvofiq, barcha yangi tug'ilgan bolalar eshitish skriningidan o'tkaziladi.