Emizishni qayta tiklash – relaktatsiya

Agar biron sababga koʻra emizishni toʻxtatgan boʻlsangiz va farzandingizni yana emizishga qaror qilgan boʻlsangiz, bunda muvaffaqiyat qozonish mumkin! Sizga birinchi navbatda katta xohish, shuningdek, vaqt, sabr-toqat, qatʼiyat va yaqinlarning qoʻllab-quvvatlovi kerak.
Body

Farzandingiz betob boʻlib qolib, emmay qoʻyganda koʻkrakni soʻgʻib turmagan boʻlsangiz yoki farzadingizni oldin emizmagan boʻlsangiz va hozir esa emizishni xohlasangiz, yoki betob boʻlganingizda baʼzi dorilarni qabul qilganingiz sababli emizishni toʻxtatgan boʻlsangiz, sizga emizishni qayta tiklash – relaktatsiya kerak boʻladi. Baʼzida hatto bola asrab olgan ona ham, agar ilgari oʻzining bolalarini emizgan boʻlsa, laktatsiyani qayta tiklashga muvaffaq boʻladi.

Emizishda boʻlgani kabi laktatsiyani tiklashda ham ragʻbatlantirish va onaning qatʼiyati hal qiluvchi ahamiyatga ega. Bolaning yonida boʻlish, uni quchoqlash kerak, u bilan faqat ovqatlanish vaqtida emas, balki bola uygʻoq boʻlgan har qanday paytda oʻynash kerak.

Laktatsiyani qayta tiklash uchun zarur boʻlgan vaqt hammada turlicha kechadi. U bolaning yoshiga va emizishni toʻxtatgandan keyin oʻtgan vaqtga bogʻliq. Bu muddat 2 haftadan bir oygacha boʻlgan muddatni talab qilishi mumkin.

Muolaja

  • Siz va chaqalogʻingiz uchun emizish qulay ekaniga ishonch hosil qiling.
  • Muntazam ovqatlanishga harakat qiling; har bir emizishdan oldin bir stakan suv iching.
  • Bolani kuniga kamida 10–12 marta koʻkrakka tuting.
  • Bola koʻkrakka qanday tutilganini tekshiring.
  • Kechasi koʻkrak bilan emizish bola hayotining ajralmas qismi hisoblanadi; bola uyqusida ham oson emadi.
  • Agar bola moslashtirilgan bolalar aralashmasi bilan oziqlansa, ovqatlantirishda choyqoshiq, shprits yoki piyolachadan foydalaning.
  • Agar emizishdan oldin koʻkrak sut bilan toʻlganini, emizishdan keyin esa uning boʻshaganini, bola koʻkrakni faol emayotganini, sutni soʻrib olib, yutayotganini his qilsangiz, asta-sekin aralashmaning miqdorini kuniga 10–30 ml ga kamaytirib boring.
  • Bolaning tana vaznini muntazam ravishda oʻlchash kerak.
  • Har kuni najas va siydik ajratishlar sonini kuzatib boring.
  • Suyuqlikni isteʼmol qilishni va ovqatlanish ratsionining kaloriya qiymatini oshiring.
  • Yetarli vaqt davomida dam olishingiz uchun oilangizning qoʻllab-quvvatlashi zarur boʻladi.

Emizishda boʻlgani kabi laktatsiyani tiklashda ragʻbatlantirish va onaning qatʼiyati hal qiluvchi ahamiyatga ega. Bolaning yonida boʻlish, uni quchoqlash kerak, u bilan faqat ovqatlanish vaqtida emas, balki bola uygʻoq boʻlgan har qanday paytda oʻynash kerak. Agar bola juda yosh boʻlsa (ikki oygacha) va sunʼiy ovqatlantirishga hali toʻliq oʻrganmagan boʻlsa yoki ona yaqinda emizishni toʻxtatgan boʻlsa, koʻkrakka sutni qayta keltirish osonroq boʻladi.