Eʼtiborlilik
Eʼtiborlilik: asoslar
Ongimiz doimo faol. Siz televizor koʻrayotgan boʻlishingiz mumkin, lekin shu bilan birga, oʻtib ketgan narsalar haqida oʻylashingiz, qaygʻurishingiz yoki kechga nimadir tanovul qilishni rejalashtirayotgan boʻlishingiz mumkin.
Eʼtiborlilik – bu faol ongingiz tinchlanishidir. U bir necha usulda tasniflangan, jumladan:
- hozirgi holatga eʼtiborni birdaniga toʻliq qaratish;
- maqsadli ravishda, taʼna qilmasdan eʼtibor berish.
Bu yerda siz yashayotgan va boshdan kechirayotgan har lahzani ular sodir boʻla boshlashlari bilan ongli ravishda qabul qilishingiz toʻgʻrisida gap ketyapti. Bu oʻzingizni tinchlantirishning, qilayotgan ishingizga diqqat va eʼtiboringizni jamlashning foydali usuli boʻlishi mumkin.
Oʻz ichki dunyongizga (masalan, hislar, nafas va hissiyotlarga) yoki atrofingizdagi narsalarga (masalan, diqqatga sazovor joylar, tovushlar va hidlar) eʼtiborli boʻlishingiz mumkin.
Hamma joyda va hamma narsaga eʼtiborli boʻlishingiz mumkin. Masalan, ovqatlanayotganda, yurganda, musiqa tinglaganda yoki oʻtirganda diqqatli boʻlishingiz mumkin.
Kundalik eʼtibor
Kundalik ishlar davomida ham eʼtiborni kuchaytirishni mashq qilishingiz va uni takomillashtirishingiz mumkin. Qancha koʻp mashq qilsangiz, shuncha koʻp foyda olasiz.
Bolangizni ongini rivojlantirishga undashingiz mumkin. Bu farzandingizni tabiiy ravishda bajaradigan ishlarini qilishga yoʻnaltirishdir. Kichkina bolalar tabiatan diqqatlidirlar, chunki har bir yangilik ular uchun zavqli va hayajonlidir.
Farzandingizni oʻz vaqtida, oʻz joyida boʻlishga undash orqali siz unga yoshi ulgʻaygan sari maktab, ish va oʻyin bilan bogʻliq stresslarni qanday yengish kerakligini oʻrgatishingiz mumkin.
Farzandingizda aql-idrokni mashq qildirish va uni rivojlantirishning koʻplab usullari mavjud, masalan:
- boʻyash – bolaning diqqatini bir vazifaga qaratishning ajoyib usuli;
- ochiq havodagi oilaviy sayrlar bolangizda tabiat goʻzalligiga oshnolikni kuchaytirishi mumkin. Farzandingiz kuzgi barglarni terishi, koʻzdan kechirishi yoki sohil boʻylab yurganda oyoqlari ostidagi qumni his qilishi mumkin;
- dengiz chigʻanogʻi yoki hasharoti kabi qiziqarli yoki chiroyli narsalarni suratga olish yoki ularni chizish bolangizni mayda detallarga diqqat bilan qarashga undaydi;
- bogʻda oʻsimliklarni parvarishlash ularning qanday oʻsishiga eʼtiborni qaratadi;
- musiqa tinglash va cholgʻu asboblari yoki qoʻshiq soʻzlariga diqqat qilish orqali farzandingiz chalgʻimay, ayni damdagi narsalarga eʼtibor qaratishni oʻrganadi.
Aql-idrok meditatsiyasi
Aql-idrok meditatsiyasi diqqatning juda ham yoʻnaltirilgan turidir. U meditatsiya, nafas olish texnikasi va ayni damdagi lahzaga eʼtiborni oʻzida mujassam etgan boʻlib, qanday oʻylayotganingiz, his qilayotganingiz va harakat qilayotganingizni payqashga yordam beradi.
Aql-idrok meditatsiyasini murabbiy bilan mashq qilishingiz, ilova yoki kompakt diskdan foydalanib oʻrganishingiz mumkin.
Agar siz yoki farzandingiz meditatsiyaga qiziqsa, bu jarayonda salbiy yoki bezovta qiluvchi fikrlarga eʼtibor qaratmaslik kerak. Lekin bu men uchun qiyin deb hisoblasangiz, tajribali maslahatchi ijobiy fikrlarga eʼtibor qaratishingizga yordam beradi.
Eʼtiborlilik: dalillar
Aql-idrok amaliyoti kattalar salomatligiga foyda keltirishi haqida aniq dalillar mavjud.
Misol uchun, tadqiqotlarga koʻra, aql-idrokka asoslangan holda stressni kamaytirish (MBSR) uni pasaytirishi va ruhiy salomatlikdagi boshqa muammolarini tuzatishi mumkin. Aql-idrokka asoslangan kognitiv terapiya (MBCT) depressiya bilan ogʻrigan odamlarga sogʻlomlashishga yordam beradi va ular yana tushkunlikka tushishlarining oldini oladi. Bu xuddi antidepressant kabi foyda berishi mumkin.
“Ayni dam bilan yashash” va kamroq xavotirlanish ijtimoiy koʻnikmalar va oʻzlashtirishni oshirishi mumkin. Shuningdek, u odamlarga his-tuygʻularni yengishga yordam beradi.
Bolalar va oʻsmirlarda aql-idrokni rivojlantirish boʻyicha hali koʻp tadqiqotlar oʻtkazilmagan, shu bois ular bolalarda qanchalik samarali ekanini bilmaymiz. Ammo aql-idrok oʻrganish, qaror qabul qilish, hissiy intellekt, oʻziga ishonch va boshqalar bilan aloqa oʻrnatishda yordam berishi toʻgʻrisidagi dalillar ortib bormoqda.