Bronxit

Bronxit bronxlarning yalligʻlanishidir. Bolangiz bronxit bilan ogʻrigan boʻlsa, nafas olishi qiyinlashishi va odatdagidan koʻp miqdorda shilimshiq ajralishi mumkin. Bu odatda tashvishlanadigan holat emas. Bronxitni davolash infeksiyaning sababiga bogʻliq.
Body

Bronxitning sabablari

Bronxit bronxlarning yalligʻlanishidir. Bronxit rivojlanishiga asosan virusli infeksiya, baʼzan bakterial infeksiya sabab boʻladi.

Bronxit belgilari

Bronxitning asosiy belgisi – yoʻtal. Farzandingizning yoʻtali quruq yoki hoʻl boʻlishi mumkin.

Agar bolangizda bronxit kuzatilsa va yuqori nafas yoʻllari shamollagan boʻlsa, yoʻtaldan tashqari tumov va tomoq ogʻrigʻi ham paydo boʻlishi ehtimoli bor. Yuqori boʻlmagan isitma, yengil nafas qisishi va xirillash kuzatilishi ham mumkin.

Bolangizтштп nafas olishi tezlashib, hansirasa, bu astma yoki bronxiolit boʻlishi mumkin. Kuchli yoʻtalsa va xirillashi nariroqdan ham eshitilsa, bunday holat bronxitsan koʻra koʻproq astma belgisidir. Agar bolangizning nafasi tezlashgan va harorati baland boʻlsa, bu oʻpkaninig yalligʻlanishi – zotiljam boʻlishi mumkin.

Shifokoringiz bolangizda ushbu belgilarni nima keltirib chiqarganini aniqlaydi.

Agar yoʻtal toʻsatdan boshlangan boʻlsa va bolangiz biror narsaga tiqilib qolgan deb taxmin qilsangiz, darhol tibbiy yordamga murojaat qilishingiz kerak.

Qachon shifokorga murojaat qilish kerak?

Agar bolangizda:

  • oldin astma xurujlari kuzatilgan boʻlsa;
  • isitma baland boʻlsa;
  • yoʻtalsa;
  • balgʻamda qon paydo boʻlsa;
  • nafas olish qiyinlashuvi yoki ogʻir nafas kuzatilayotgan boʻlsa darhol shifokorga murojaat qiling.

Tekshiruv

Shifokoringiz bolangizni tekshirib koʻrib, kasalligi toʻgʻrisida savollar berib unda bronxit kasalligi bor yoki yoʻqligi haqida sizga maʼlumot beradi.

Agar bolangizning yoʻtali 3 hafta mobaynida oʻtib ketmasa, shifokor uni tekshiruvga yuborishi mumkin.

Davolash

Bronxit odatda 1–2 hafta davom etadi va odatda asoratlarni keltirib chiqarmaydi.

Agar bolangizda yoʻtal va uzoqroqdan eshitiladigan xirillash oʻtib ketmasa, shifokor qisqa muddatga astmaga qarshi dorilarni tavsiya qilishi mumkin.

Odatda bronxitda antibiotiklar tavsiya etilmaydi, chunki bronxitni asosan viruslar keltirib chiqaradi, antibiotiklar esa viruslarga taʼsir qilmaydi.

Yoʻtalga qarshi dorilar odatda bronxitda yordam bermaydi.

Havfsiz vositalar bilan tomoqdagi ogʻriqni yumshating va yoʻtalni yengillashtiring.

Agar bola faqat koʻkrak suti bilan boqilayotgan boʻlsa, tomoqdagi ogʻriqni yumshatish va yoʻtalni yengillashtirish uchun eng yaxshi vosita – koʻkrak suti bilan boqishni davom ettirish. Agar bola 6 oylikdan katta boʻlsa, tomoqdagi ogʻriqni yumshatish va yoʻtalni yengillashtirish uchun qaynatilgan iliq suv, mineral suv bering. Agar bola 1 yoshdan katta boʻlsa, ilitilgan sigir suti ham bersangiz boʻladi.