Xavfsiz uyqu: 11 ta maslahat

Uxlab yotgan chaqaloqda hammasi joyida ekaniga ishonch hosil qilish uchun uni tekshirish tabiiy hol. Bolaning toʻsatdan oʻlimi sindromi va uyquda oʻlimga olib keladigan baxtsiz hodisalar xavfini kamaytirish uchun siz oddiy va samarali uyqu xavfsizligini taʼminlaydigan choralarini koʻrishingiz mumkin.
Body

Bolalarda toʻsatdan oʻlim sindromi va uyquda oʻlimga olib keladigan baxtsiz hodisalar: xavf omillari

Bola kutilmaganda va sababsiz oʻlsa, bu koʻpincha bolalarda toʻsatdan oʻlim sindromi deb nomlanadi. Bolalarda toʻsatdan oʻlim sindromi – bu keng tarqalgan atama boʻlib, uyquda oʻlimga olib keladigan baxtsiz hodisalarni ham oʻz ichiga oladi.

Butun dunyoda bolalarda toʻsatdan oʻlim sindromi va uyquda oʻlimga olib kelishi mumkin boʻlgan baxtsiz hodisalardan oʻlim sezilarli darajada kamaydi. Buning sababi uyqu paytida ota-onalar bolalari xavfsizligini taʼminlash usullari haqida koʻproq bilayotgani va ularga rioya qilayotganidir. Ushbu uyqu xavfsizligi amaliyotlari bolalarda toʻsatdan oʻlim sindromi va uyquda oʻlimga olib kelishi mumkin boʻlgan baxtsiz hodisalar xavfini kamaytirishi mumkin.

Bolalarda toʻsatdan oʻlim sindromi xavfini kamaytirish uchun xavfsiz uyqu qoidalari

1. Bolalarni uxlashga orqasi bilan yotqizing

Bu – sogʻlom bolalar uchun eng xavfsiz holat. Agar kichkintoylar yonboshlari bilan yoki qorinlarida uxlasalar, bolalarda toʻsatdan oʻlim sindromi va uyquda oʻlimga olib kelishi mumkin boʻlgan baxtsiz hodisalardan oʻlish ehtimoli katta boʻlishi mumkin.

Kichkintoyingiz agʻdarilishni oʻrganib olganda ham (taxminan 4–6 oyligida) uni orqasiga yotqizishda davom eting, lekin uxlashga qulay holatni topish uchun uning oʻziga imkon bering.

2. Uxlayotgan paytda kichkintoyning boshi yoki yuzi yopiq emasligiga ishonch hosil qiling

Kichkintoyingizni iloji boricha karavotning pastki tomoniga yotqizing. Choyshablar bola boshini yopib qoʻymasligi uchun qattiq toʻshang. Adyol oʻrniga kichkintoylar uchun xavfsiz konvert toʻshakdan foydalanishingiz mumkin. Maxsus qattiq boʻyinosti astari, qoʻllar va oyoqlar uchun teshiklari va qalpoqsiz konvert toʻshaklar eng xavfsiz hisoblanadi.

3. Chekmang

Kichkintoyning tamaki tutuni boʻlgan xonada nafas olishi zarar keltirishi, homiladorlik va tugʻuruqdan keyingi davrda chekish bolalar toʻsatdan oʻlimi sindromi va uyquda oʻlimga olib keladigan baxtsiz hodisalar xavfini oshirishini tasdiqlaydigan ishonarli dalillar mavjud. Agar ota-onalar kichkintoydan uzoqroqda chekishsa ham, chekish tufayli kelib chiqadigan bolaning toʻsatdan oʻlimi sindromi xavfi yuqoriligicha qolaveradi.

4. Xavfsizlik standartlariga mos keladigan bolalar karavotchasidan foydalaning

 Bolangizning uyqusi uchun qatʼiy xavfsizlik standartlari boʻyicha tayyorlangan va buzilmagan holatdagi bolalar karavotchasi toʻgʻri keladi. Bunday standartlarga javob bermaydigan karavotchalar xavfli boʻlishi mumkin, masalan, ular qoʻrgʻoshin asosidagi boʻyoqlar bilan boʻyalgan, bolaning qoʻli tiqilib qolishi mumkin boʻlgan teshikchalar, yonlari sakrab oʻtsa boʻladigan darajada past boʻlishi mumkin.

5. Bolangiz bilan bir xonada uxlang

Birinchi 6–12 oy davomida bola siz bilan bir xonada karavotchasida uxlashi kerak.

6. Imkoni boricha farzandingizni koʻkrak suti bilan boqing

Koʻkrak suti bilan boqish bolalar toʻsatdan oʻlimi sindromi va uyquda oʻlimga olib keladigan baxtsiz hodisalar xavfini yarmidan koʻpigacha kamaytiradi. Farzandingiz qanday ovqatlanishidan qatʼi nazar, koʻkrak suti bilanmi yoki sunʼiy sut aralashmalari bilanmi, xavfsiz uyqu qoidalariga rioya qilish muhimdir.

7. Bolalar karavotchasi toʻsiqlaridan, yumshoq oʻyinchoqlardan va yostiqlardan foydalanmang

Kichkintoylar agʻanashganda bunday yumshoq narsalarga oʻralib yoki yopilib boʻgʻilib qolish holatlari uchrab turadi. Ularni kichkintoy karavotchasidan uzoqroq tutish xavfsiz boʻladi.

8. Qattiq va karavotchasiga mos keladigan matrasdan foydalaning

Matras va karavot cheti orasiga bola boshi bilan qisilib qolmasligi uchun boʻsh joylar yoʻqligiga ishonch hosil qiling. Agar siz koʻchma karavotchadan foydalansangiz, u bilan birga komplektda boʻladigan qattiq, yupqa, karavotchaga mos keladigan matrasdan foydalaning. Ikkinchi matrasdan foydalanmang.

9. Bolani uxlashi uchun toʻgʻri kelgan joyga yotqizmang

Divanda yotish (bir oʻzi yoki kim bilandir) kichkintoy uchun juda xavfli. Shuningdek, agar bolangizni beхosdan oʻylab tayyorlangan yotish joyida uxlatsangiz, ehtiyot boʻling. Kichkintoyingiz uchun xavf tugʻdirishi mumkin boʻlgan baʼzi holatlarga matras va divan suyanchigʻi orasiga tushib qolish, devor oʻrtasida qisilish, yostiq yoki boshqa yumshoq narsalar oʻrtasida qolib ketish yoki boshi adyol bilan yopilib qolishlar kiradi.

10. Kichkintoyingizni issiq tutadigan, lekin qizdirib yubormaydigan kiyim kiydiring

Ortiqcha qizib ketish bolalar toʻsatdan oʻlimi sindromi va uyquda oʻlimga olib keladigan baxtsiz hodisalar roʻy berish xavfini oshiradigan omillarga kiradi. Oʻzingizga savol bering, bu qoidalarga amal qilishda nima kiyib yotar edingiz. Xonada bolaning boshini oʻrab qoʻymang – bu kichkintoyning isib ketmasligiga imkon beradi. Agar kichkintoyning qoʻllari va oyoqlari sovuq boʻlsa, tashvishlanmang – bu me’yoriy holat.

11. Farzandingizni parvarish qiluvchilar bolalar toʻsatdan oʻlimi sindromidan qanday himoyalanishni bilishlariga ishonch hosil qiling

Boshqa odamlar xavfsiz uyqu qoidalari haqida bilishadi deb oʻylamaslik yaxshi, hatto bolalarni parvarish qiladigan professionallar ham. Rejalashtirilgan uyqu tartibini koʻrib chiqing va chaqalogʻingizning uyqu uchun xavfsiz joylashishiga ishonch hosil qiling. Masalan, chaqaloqni bolalar aravachasida nazoratsiz qoldirish tavsiya etilmaydi.