Dimlangan mol goʻshti (1 yoshdan katta bolalar uchun)

Goʻsht bolalar oziq-ovqatining muhim qismi boʻlib, hayvon oqsilini yetkazib beruvchi muhim mahsulot hisoblanadi. Mol goʻshti oson hazm boʻladigan oqsillarga boy, u juda koʻp temirni oʻz ichiga oladi. Bu taom oʻsayotgan bola uchun foydalidir.
Body

Mol goʻshtini pishirishda eng muhim qoida kerakli yumshoqlikka ega boʻlishi uchun uni yetarlicha uzoq vaqt davomida dimlashdir. Goʻshtni mayda boʻlaklarga boʻlib olgan maʼqul, shunda u tezroq pishadi, bolaning tishlashi va chaynashi osonroq boʻladi. Biz bola uchun mol goʻshtini pishirishning turli usullarni tanladik – xohlaganingizni tanlang. Bunday taomni sabzavotli salat, boʻtqa yoki sabzavotli pyure bilan berish mumkin.

Odatda bolalar uchun mol goʻshti retseptlaridan (kotletlar, qiymali tuguncha va boshqalar) sabzavotlar, koʻkatlar, baʼzan esa mevalar kabi mahsulotlar joy oladi.

Pishirish vaqti – 1 soat.

Mahsulotlar

200 g mol goʻshti

1 ta oʻrtacha sabzi

1/2 piyoz

1 ta kichik pomidor

2 choyqoshiq sariyogʻ

100 ml suv

Tayyorlash bosqichlari

Goʻshtdan ortiqcha yogʻni kesib oling, sariyogʻni qozonda eriting, soʻng goʻshtni unga soling, tuz seping va qizarguncha qovuring. Mayda toʻgʻralgan piyoz, sabzi qoʻshing va goʻshtni sabzavot bilan yana 10 minut qovuring. Keyin goʻshtning yarmiga yetguncha suv quying, pomidor qoʻshing va taxminan 1 soat dimlang (sanchqi suqib pishganini aniqlang – tayyor goʻshtga sanchqi osongina kiradi).

Shundan soʻng goʻshtni kichik boʻlaklarga boʻling va yana oʻzi qaynagan (shoʻrva hosil boʻlgan) qozonga solib, qaynatib oling.