Bola hayotining ikkinchi yilida motorika koʻnikmalarini qanday rivojlantirish kerak?
Birinchi mustaqil qadamlar:
– Sogʻlom bola 18–20 oylik davrda yurishni boshlashi kutiladi.
– Bola birinchi qadamlarini qoʻyganda uning oyoqlari asosan bir-biriga keng qoʻyilgan boʻladi va tashqariga burilgan holatda turadi.
– Tovonlar har doim tanani eng barqaror holatini taʼminlaydigan tarzda joylashtirilgan boʻladi – tovonlar holatini oʻzgartirmang.
– Bola uydaligida unga poyabzal kiydirmang – poyabzal oyoq kamarining shakllanishiga yordam bermaydi, kamar jismoniy faoliyat hisobiga mustahkamlanadi. Bolaga oyoq kiyimini kiygizganingizda u oʻrnidan turib, keyin darhol oʻtirib olishi mumkin, chunki u qanday yuzada yurishini tushunmaydi.
– Bolaning yurishi asta-sekin barqaror boʻlgunga qadar u muvozanatni saqlash uchun odatda qoʻllarini tepaga koʻtarib yuradi.
– Koʻpincha bola har bir qoʻlida bittadan oʻyinchoq olib yuradi yoki hech boʻlmaganda bitta katta oʻyinchoqni oladi, bu esa unga yurish paytida muvozanatni saqlashga yordam beradi. Oʻyinchoqni tashlaganida, oʻzi ham albatta oʻtirib oladi.
– Bola yurishni boshlagandan keyin ham oyoq ostidagi yuzaga qarab, xohlagan narsasiga tezroq va xavfsizroq erishish uchun emaklashni afzal koʻradi.
Yurish koʻnikmalarini koʻproq oʻzlashtirish
– Yurayotgan bola, tabiiyki, oyogʻini koʻtarib zinadan koʻtarilishga yoki biror uy jihozining ustiga chiqishga harakat qiladi.
– Uzoq vaqtga oʻtirib olishi mumkin.
– U oʻzini yanada xavfsiz his qilishi uchun oʻzi bilan shisha idishlar, savatlar, toʻplar va boshqa ogʻirroq buyumlar olib yuradi.
– Qoʻllariga tayangan holda zinadan koʻtariladi va xuddi shu tarzda pastga tushadi.
– Toʻpni uradi, irgʻitadi, baʼzan oʻzi yiqiladi, lekin koʻp hollarda muvozanatini yoʻqotmaydi.
– Bolalar maydonchasidagi tepaliklarga va oʻyingohlarga chiqadi, emaklaydi, aylanadi yoki parkdagi argʻimchoqlarda uchadi;
– Tepaliklar, pastliklar, notekis yuzalarda yurish unga yoqadi;
– Aylanadi, boshini har tomonga egadi: pastga, yon tomonga – bunday harakat vestibulyar apparat va miya faoliyatini kuchaytiradi, bola quvnaydi, zavqlanadi va oʻz imkoniyatlarini oʻrganishda davom etadi;
– Yugurishni boshlaydi;
– Orqa tomonga yuradi, shuningdek, past oʻrindiq, bolalar stulchasi va kursiga oʻtirishi mumkin.
Bola hayotining ikkinchi yilida motorika rivojlanishi turli harakatlarning doimiy takrorlanishi bilan bogʻliq: u koʻp yuradi, yuguradi, toʻp bilan oʻynaydi, zinada yurishni oʻrganadi. 3 yoshda bu ishlarni tezroq, epchilroq bajarishni oʻrganayotganini va uning moslashishi yaxshilanayotganini kuzatishingiz mumkin.