Bola parvarishi boʻyicha xizmatlar roʻyxati

Imkoni boʻlsa, sizga va farzandingizga mos keladiganini topish uchun turli xil bolalar bogʻchalarini solishtirish zarur. Maktabgacha taʼlim muassasalariga tashrif buyurib, ularning sharoitlarini oʻrganishingiz mumkin. Turli bolalar bogʻchalari farzandingizga qanday taʼlim berishi va qanday gʻamxoʻrlik qilishini solishtirish uchun bizning xizmatlar roʻyxatimizdan foydalaning.
Body

Bogʻchalarda bolalarni parvarish qilish xizmatlarini taqqoslash: xizmatlar roʻyxati

Bogʻchalarda bolalarni parvarish qilish boʻyicha xizmatlarni koʻrib chiqayotganingizda, quyidagi roʻyxat sizga turli xil maktabgacha muassasalarda bolangizni tarbiyalash va parvarish qilish xizmatlarini solishtirishga yordam beradi. Bu sizga farzandingiz uchun mos keladigan bolalar bogʻchasini tanlashda asos boʻladi.

Xizmatlar uchun toʻlovlar va talablar

  • Xizmat haqi qancha?
  • Farzandingizning mashgʻulotga qatnashmagan kuni uchun pul toʻlashingiz kerakmi? Masalan, taʼtilga chiqqaningizda yoki bayram kunlari uchun ham toʻlaysizmi?
  • Bolaning bogʻchada toʻliq yoki yarim kun boʻlish turlari bormi? Turli xil variantlar uchun toʻlovlar qanday?
  • Bolalarni parvarish qilish uchun davlatdan yordam olasizmi? Agar shunday boʻlsa, siz koʻrsatilgan narxdan kamroq toʻlaysiz.

Oʻynang va rivojlaning

  • Farzandingizning oʻrganishi va rivojlanishiga yordam berish uchun bolalar bogʻchasi qanday ishlaydi? Oʻqish va rivojlantirish dasturini tushuntiradigan reja bormi?
  • Xodimlar farzandingizning kuni qanday oʻtgani toʻgʻrisida hisobot berishadimi?
  • Xodimlarning malaka darajasi, tozalik va intizom muolajalari haqida maʼlumot olish osonmi?

Taʼminot va sharoit

  • Atrof-muhit sharoiti ragʻbatlantiruvchi va xavfsizmi?
  • Bolalar bogʻchasidagi muhit tinch va quvnoqmi?
  • Sizningcha, bolalar bogʻchasi qiziqarlimi, u yerda yorugʻlik yetarlimi, oʻyinchoqlar va tadbirlar bormi?
  • Bolaga bogʻcha hovlisida oʻyin va mashgʻulotlar uchun joylar yetarlimi?

Kun tartibi

  • Kun davomida shovqinsiz tinch sharoitda qolish yoki dam olish uchun imkoniyat bormi?
  • Farzandingiz tabiat qoʻynida boʻlishi uchun imkoniyatlar bormi?
  • Farzandingiz izlanish va ijod qilish imkoniga ega boʻladimi?
  • Hojatxonaga borish, taglik almashtirish va dam olish vaqtlari bolaning ehtiyojlarini qondiradimi?

Tarbiyachilar va ularning bolalar bilan munosabatlari

  • Tarbiyachilar soni nechta? Har toʻrtta bolaga kamida bitta tarbiyachi ajratilganmi?
  • Xodimlar bolalar bilan gaplashayotganiga tez-tez guvoh boʻlasizmi?
  • Xodimlar bolalarni ragʻbatlantiradimi, hurmat qiladimi va ularga gʻamxoʻrlik qiladimi?
  • Xodimlar bolalarning xatti-harakatlarini qanday nazorat qiladi?
  • Har bir bolaga shaxs sifatida munosabatda boʻladimi?

Ota-onalar bilan munosabatlar

  • Xodimlar bilan muammolar muhokamasida siz oʻzingizni qadrli mehmon sifatida his qilasizmi?
  • Siz va farzandingiz tanishtiruv dasturini oʻrganganmisiz?
  • Bolalar boʻgʻchasiga istalgan vaqtda kira olasizmi va farzandingizni kuzata olasizmi?
  • Oila aʼzolarining tadbirlarda qatnashishi ragʻbatlantiriladimi?

Ovqatlanish

  • Bolalar bogʻchasida ovqat beriladimi yoki farzandingiz bilan ovqat berib yuborishingiz kerakmi?

Agar bolalar bogʻchasida ovqat berilsa:

  • Bogʻcha toʻgʻri ovqatlanishni taʼminlaydimi?
  • Ovqatlar bolalarning individual ehtiyojlarini qondiradimi?
  • Bolalar bogʻchasi ovqatlanish boʻyicha milliy tavsiyalarga rioya qiladimi? Ovqatlanish sharoitlarini va taomnomani sizga koʻrsata olishadimi?

Umumiy maʼlumot

  • Emlanmagan bolalarni bolalar bogʻchasiga qabul qilish qoidalari qanday?
  • Farzandingiz betob boʻlib qolsa, nima boʻladi?
  • Bolani bogʻchadan olishda kechiksangiz, nima boʻladi?
  • Farzandingizni yana kim olib ketishi mumkin?
  • Farzandingiz oʻzi bilan nimalarni olishi kerak?
  • Farzandingiz bolalar bogʻchasiga moslashishi uchun qanday yordam bera olasiz?
  • Bogʻchaga qabul qilinish uchun navbat bormi? Agar zarur boʻlsa, bolangizni bolalar bogʻchasiga berish uchun navbatga qoʻyishingiz mumkinmi?