Bolani qorni bilan qanday yotqizish: rasmlarda
Nega chaqaloqni qorniga yotqizish muhim?
Bolaning qorni bilan yotishi uning bilaklariga tayanib, qorni bilan yotishidir. Bola qorni bilan yotganda boshi, boʻyni va tanasining yuqori qismi mustahkamlanadi. Uni tez-tez va har kuni qorni bilan yotqizib qoʻying.
Bola tugʻilgandan keyin tez orada qorniga yotqizishni boshlang. Dastlabki bir necha hafta davomida uni kuniga 2–3 marta 1–2 daqiqa davomida qorni bilan yotqizishga harakat qiling.
Farzandingizni orqasi bilan yotqizib uxlating, qorniga yotqizib oʻynating. Bola uxlayotganda koʻp vaqt orqasiga yotadi, uning boshi esa bir xil holatda turadi. Shu sababli boshning orqa qismida kichik soch toʻkilgan joylar paydo boʻlishi mumkin. Chaqaloqning qorni bilan yotishi soch toʻkilishining oldini olishga yordam beradi.
Qorin bilan yotish vaqti qanday oʻtishi kerak?
Xavfsiz buyum va oʻyinchoqlarni chaqaloq yoniga qoʻying. Ularni chaqaloq qarshisida u yoqdan bu yoqqa siljiting. Bu esa oʻz oʻrnida bolani harakatlanishga, boshini koʻtarish va burishga undaydi.
Kichkintoyingizning yoniga yoting. Rasmli kitoblar yoki jurnallardagi sahifalarni varaqlang. Bu chaqaloqning koʻz mushaklarini rivojlantiradi, mustahkamlaydi, unda qiziqish uygʻotadi.
Farzandingiz yoniga oʻz aksini koʻra olishi uchun sinmaydigan oyna joylashtiring. Uni turli joylarda, masalan, ochiq havoda adyol ustiga qorni bilan yotqizing.
Qorinchada yotish qiziqarli, maroqli va xavfsiz boʻlishi kerak
Chaqaloq siz uning yonida ekaningizni bilishi kerak, buning uchun gapiring va qoʻshiq ayting, bolaning orqasini silang yoki qoʻlchalarini qitiqlang.
Agar chaqalogʻingiz qorni bilan yerda yotishni yoqtirmasa, uni sochiqqa oʻrab, tizzangizga yoki mashq toʻpi ustiga qoʻyib koʻring.
Bola qorni bilan yotganda unga koʻz-quloq boʻling. Bola ulgʻayishi, koʻproq harakatlanishiga qarab unga xavf tugʻdirishi mumkin boʻlgan buyumlarni uzoqroqqa olib qoʻying.