Bolaning odatdagi oʻsishi: 13–24-oylar

Hayotining ikkinchi yilidagi bolaning oʻsishi asta-sekin sekinlashadi va keyinchalik balogʻat yoshiga qadar barqaror davom etadi.
Body
  • Bola toʻlaqonli ovqatlansa, sogʻlom boʻlsa, oʻynash va taʼlim olish uchun xavfsiz va ishonchli muhit yaratilsa, ota-ona uning ehtiyojlarini yetarli darajada qondiradigan boʻlsa, u yaxshi oʻsadi va rivojlanadi.
  • Bolaning oʻsishini kuzatish oʻsish koʻrsatkichlarini aniqlashni oʻz ichiga oladi; tana vazni va tana uzunligi / boʻyi yiliga ikki marta oʻlchanadi va oʻsish jadvallari orqali rivojlanishi kuzatib boriladi.
  • Hayotining ikkinchi yili: ikkinchi yilda oʻsish surʼati sekinlashadi va asta-sekin barqarorlashadi. Ikki yoshga kelib koʻpchilik bolalar yana 2 dan 2,5 kg gacha vazn qoʻshadilar, 12–12,5 sm ga oʻsadilar, oyiga esa oʻrtacha 1 cm ga oʻsadilar.
  • Ushbu davrda bosh aylanasi oʻrtacha 2–2,5 sm ga oʻsadi.

Oʻsishning buzilishi

Oʻsish – murakkab jarayon, u juda koʻp omillarning taʼsiriga bogʻliq. Omillarning baʼzilari belgilangan oʻsish darajasiga xalaqit berishi va buzishi mumkin. Masalan: notoʻgʻri ovqatlanish, surunkali kasalliklar, dori-darmonlar, oilaviy muammolar va boshqalar. Shu sababli bola oʻsishini muntazam ravishda kuzatib borish kasalliklarni oʻz vaqtida aniqlash va tegishli choralarni qoʻllash imkoniyatidir.

Ota-onalar!

Hayotining ikkinchi yilida bolaning oʻsishi oʻtgan yilgiga nisbatan biroz sustroq kechadi. Ammo jarayonni osongina izdan chiqarish mumkin. Shu bois bola yaxshi rivojlanishi uchun sharoitlar yaratish va uning oʻsishini muntazam kuzatib borish muhimdir.