Ijtimoiy-hissiy rivojlanishni ragʻbatlantirish: oʻn sakkizinchi – yigirma toʻrtinchi oylar (18–24-oylar)

Farzandingiz oʻzi va ehtiyojlari toʻgʻrisida tobora koʻproq bilib boryapti. Sizdan ajralib qolish tashvishi kamayyapti. Bola siz bilan birga turli xil oʻyinlardan zavqlanadi. U tez-tez noroziligini bildirishi yoki oʻz gapini oʻtkazishi mumkin. Istaklar va cheklovlarning bajarilmasligiga reaksiyalar oldingidan koʻra kuchliroq boʻlishi mumkin. Bola oʻz ehtiyojlarini qoʻyib, cheklovlarni qabul qilish yoʻlini topishi uchun vaqt va sabr-toqat talab etiladi.
Body

Ijtimoiy hissiyotlar

  • Boshqalar bilan munosabatda yuzaga keladigan tajribalar turli xil hissiyotlarni keltirib chiqaradi. Ular baʼzan kuchli va nazorat qilish qiyin.
  • Quvonch yoki gʻazabdan tashqari muvaffaqiyatsizlik, uyat yoki hasad sababli bolada bezovtalik paydo boʻlishi va bu uni dovdiratishi mumkin. Sizning reaksiyalaringiz, maʼqullashlaringiz yoki tanqidlaringiz bolaning hissiyotlarini shakllantiradi.
  • Farzandingiz his-tuygʻularini tushunishiga yordam bering. Shunday qilib, u oʻzini yaxshi his qiladi, kuchli hissiyotlar yaxshiroq boshqariladi. Bola boshqalarning his-tuygʻularini osonroq taniy oladi va hurmat qiladi.
  • Tanqid qilishda ehtiyot boʻling, bolaning nimani his qilayotganini aniqlang va voqea bilan bogʻliq qisqacha tushuntirish bering.

Norozilik va hamkorlikdan bosh tortish

  • Farzandingiz talablaringizga doim ham rozi boʻlmasligi mumkin. Shu tarzda u oʻzining mustaqilligini, niyatlarini roʻyobga chiqarishda qatʼiyatliligini, shuningdek, baʼzi cheklovlar va qoidalarni qabul qilishdagi qiyinchiliklarini namoyon etadi.
  • Ushbu reaksiyalarning baʼzilari jazava koʻrinishidagi qattiq norozilik bilan ifodalanishi mumkin. Xotirjamlikni saqlang. Zoʻravonlik va gʻazab bilan munosabatda boʻlmang. Sizning xatti-harakatlaringiz bola bunday fursatlardan osonroq oʻtishiga qaratilishi zarur.
  • Talab va reaksiyalaringiz aniq va izchil boʻlishiga intiling. Harakatlaringizga izoh bering. Hamkorlikning afzalliklarini koʻrsating.
  • Baʼzan qoidalarni qayta koʻrib chiqishingiz kerak. Haddan tashqari talabchanglik bolada qarshilik koʻrsatish va xulq-atvor muammolarini kuchaytirishi mumkin.