Ovqatlanish boʻyicha tavsiyalar rasmlarda: 4–8 yoshli bolalar

Bolalarga beshala oziq-ovqat guruhining barchasidan turli xil sogʻlom oziq-ovqatlar kerak. Qancha va qanday oziq-ovqat zarurligi ularning tana vazni va faollik darajasiga bogʻliq.
Body

4–8 yoshli bolalar uchun kunlik ovqatlanish boʻyicha tavsiyalar

Bolalarga beshala oziq-ovqat guruhining barchasidan turli xil sogʻlom oziq-ovqatlar kerak. Bolalarga qancha va qanday oziq-ovqat zarurligi ularning tana vazni va faollik darajasiga bogʻliq.

4–8 yoshdagi bolalar 1,5 porsiya meva; 40,5 porsiya sabzavot; 1,5–2 porsiya sut mahsulotlari; 4 porsiya don; 1,5 porsiya yogʻsiz goʻsht, yongʻoqlar va dukkakli mahsulotlar isteʼmol qilishi kerak.

Bolalar koʻp suv ichishi kerak, u eng arzon, foydali va chanqoqni bosadigan ichimlikdir. Issiq yoki nam kunlarda, shuningdek, koʻp terlaganda bolalarga koʻproq suv zarur boʻladi. Gazli ichimliklar, konservalangan mevali sharbatlar, xushboʻy sut va energetik ichimliklardan saqlaning.

Oziq-ovqat guruhlari: meva, sabzavot, boshoqli don va yorma mahsulotlarining kunlik porsiyalari

Mevalar: 1 porsiya = 1 ta oʻrtacha kattalikdagi olma, banan, apelsin yoki nok; yoki 2 ta kichik olxoʻri, oʻriklar. Kuniga 1,5 porsiya taklif qiling.

Sabzavotlar: 1 porsiya = 0,5 oʻrtacha kattalikdagi kartoshka (yoki makkajoʻxori); yoki 0,5 piyola pishirilgan sabzavotlar (karam, sabzi, oshqovoq); yoki 1 piyola yashil bargli yoki xom sabzavotlardan tayyorlangan salatlar; yoki 0,5 piyola pishirilgan, quritilgan loviya yoki yasmiq. Kuniga 40,5 porsiya taklif qiling.

Donli mahsulotlar: 1 porsiya = 1 toʻgʻram non; yoki 0,5 piyola pishirilgan guruch, makaron, ugra; yoki 0,5 piyola boʻtqa; yoki ⅔ piyola bugʻdoy yormasi, quymoq yoki yupqa. Kuniga 4 porsiya taklif qiling. Yaxshisi, butun donli mahsulotlarni ishlating.

Oziq-ovqat guruhlari: sut, oqsil va foydali yogʻlarning kunlik porsiyalari

Sut mahsulotlari: 1 porsiya = 1 piyola (250 ml) sut; yoki 2 boʻlak pishloq; yoki ¾ piyola (200 gramm) qatiq; yoki 0,5 piyola tvorog. Asosan tarkibida yogʻ miqdori eng kam boʻlgan sut mahsulotlarini tanlang. Kuniga 1,5 – 2 porsiya taklif qiling.

Goʻsht, baliq, parranda, tuxum, yongʻoq, dukkakli mahsulotlar: 1 porsiya = 65 g yogʻsiz mol goʻshti, qoʻzichoq va buzoq goʻshti; yoki 80 g pishirilgan yogʻsiz tovuq yoki kurka goʻshti; yoki 100 gramm pishirilgan qiltanoqsiz baliq goʻshti yoki 2 ta katta tuxum; yoki 1 piyola pishirilgan yasmiq yoki loviya; yoki 30 g (oshqoshiq) yeryongʻoq, bodom yoki kungaboqar urugʻlari. Kuniga 1,5 porsiya taklif qiling.

Foydali yogʻlar: kuniga 1 porsiya toʻyinmagan yogʻlarni ovqatlar, pishiriq va ziravorlarga qoʻshishingiz mumkin. 1 porsiya = 1–2 choyqoshiq (5–10 g) zaytun, makkajoʻxori va kungaboqar yogʻi; pirojniy, pechenye, chipslar, qovurilgan va “yetkazib” beriladigan taomlardan saqlaning. Ularda toʻyingan yogʻ, shakar va tuz koʻp boʻlishi mumkin.