Chaqaloqlar reanimatsiyasi va intensiv davolash boʻlimi: nima kutish kerak?
Chaqaloqlar reanimatsiyasi va intensiv davolash boʻlimi qanday boʻlim?
Chaqaloqlar reanimatsiyasi va intensiv davolash boʻlimi – shifoxona boʻlimi boʻlib, muddatidan oldin tugʻilgan va yangi tugʻilgan kasal chaqaloqlarga ixtisoslashgan maxsus yordam koʻrsatadi.
Chaqaloqlar reanimatsiyasi va intensiv davolash boʻlimlarida maxsus tayyorlangan shifokorlar, hamshiralar, boshqa mutaxassislar ishlaydilar, shuningdek, muddatidan oldin tugʻilgan va kasal chaqaloqlarni parvarish qilish uchun asbob-uskunalar mavjud.
Chaqaloqlar reanimatsiyasi va intensiv davolash boʻlimi qanday koʻrinishda?
Birinchi marta chaqaloqlar reanimatsiyasi va intensiv davolash boʻlimiga kirganingizda bu siz uchun juda murakkab jarayondek tuyulishi mumkin.
Kirishdan oldin qoʻlingizni bir necha daqiqa sovun bilan yuvishingiz kerak. Chaqaloqlar reanimatsiyasi va intensiv davolash boʻlimidagi chaqaloqlar infeksiyalarni juda oson yuqtiradi va qoʻllarni toʻgʻri yuvish bu xavfni kamaytiradi.
Chaqaloqlar reanimatsiyasi va intensiv davolash boʻlimida maʼlum vaqt mobaynida chiroqlar o‘chiriladi hamda tinchlik saqlanadi. Koʻpincha chaqaloqlar reanimatsiyasi va intensiv davolash boʻlimidagi chaqaloqlar ortiqcha shovqinni va yorugʻlikni koʻtara olmaydi.
Koʻp chaqaloqlar isitiladigan karavotchalarda, baʼzilari yopiq kuvez (muddatidan oldin tugʻilgan chaqaloqlar uchun maxsus inkubator)da yotadi. Uning ichida harorat, namlik va kislorod miqdori bir maromda saqlab turiladi.
Chaqaloqlarga qanday tibbiy yordamga muhtojligiga qarab:
- nafas olishda yordam beradigan sunʼiy nafas olish;
- maʼlum miqdordagi suyuqlik va dorilarni tomir orqali yuborish;
- yurak urishi, nafas olish va qondagi kislorod miqdorini oʻlchaydigan va koʻrsatadigan apparatlarini ulash mumkin.
Chaqaloqlar reanimatsiyasi va intensiv davolash odatda tinch joy boʻlib, hamshiralar, shifokorlar chaqaloqlarni doimo nazorat qilishsa, boshqa mutaxassislar vaqti-vaqti bilan kuzatib turishadi. Agar chaqaloqning nafas olish yoki yurak urish tezligi meʼyordan boshqacha boʻlsa, kuzatuv asbob-uskunalari ovozli xabar berib xodimlarni ogohlantiradi.
Oilangiz va chaqaloqlar reanimatsiyasi hamda intensiv davolash boʻlimi
Kasalxonalar chaqaloqlar reanimatsiyasi va intensiv davolash boʻlimini oilalarga doʻstona munosabatda boʻlishi uchun harakat qiladi. Turli shifoxonalarda bu harakat har xil yoʻllar bilan amalga oshiriladi. Farzandingiz chaqaloqlar reanimatsiyasi va intensiv davolash boʻlimida yotgan davrda har qanday shifoxonada oilangizga gʻamxoʻrlik koʻrsatishga eʼtibor qaratiladi. Siz chaqaloqlar reanimatsiyasi va intensiv davolash boʻlimining ichki tartib-qoidalari bilan tanishishingiz mumkin.
Chaqaloqlar reanimatsiyasi va intensiv davolash boʻlimidagi parvarish oilaga yoʻnaltirilgan boʻlib, parvarishning “oltin standarti” oʻrnatilmoqda. Bunda sizga va oilangizga hurmat bilan munosabatda boʻlish hamda siz bilan jamoada ishlab chaqalogʻingizning chaqaloqlar reanimatsiyasi va intensiv davolash boʻlimida davolash va parvarish qilish toʻg‘risida qarorni birgalikda qabul qilish haqida soʻz boradi.