Xavotirni qanday yengish mumkin: ota-onalar uchun maslahatlar

Yangi tugʻilgan chaqaloq yoki qanday qilib ota-ona boʻlishingiz haqida tashvishlanish – normal holat. Ammo shu xavotir bilan kurashish ota-onalik hayotingizdan koʻproq zavqlanishingizga yordam beradi.
Body

Xavotirni qanday yengish mumkin: nima uchun bu muhim?

Bola tarbiyasi borasida tashvishanish va xavotir olish normal holatdir.

Tashvish yoki xavotir haddan ortiq boʻlganda muammo yuzaga keladi. Bu sogʻligʻingiz va kundalik hayotingizga taʼsir qilishi mumkin. Hatto oʻzingiz istaganday ota-ona boʻlishingizga ham xalaqit berishi ehtimoli bor.

Shuning uchun ortiqcha xavotir bilan kurashish muhimdir.

Xavotir belgilari

Xavotirning ayrim umumiy belgilari:

  • xavotir olmaslik qiyin;
  • notinchlik hissi;
  • oʻzini boʻsh qoʻyish yoki uyqu bilan bogʻliq muammolar;
  • diqqatni jamlashdagi muammolar;
  • tez xafa boʻlish;
  • yurakning tez-tez urishi.

Vaqti-vaqti bilan ushbu belgilarning ayrimlari namoyon boʻlishi odatiy holdir. Ammo bunday belgilardan koʻpini his qilsangiz va bu kundalik hayotingizni qiyinlashtirsa, demak, xavotirni yengish usullarini topishingiz kerak.

Xavotirni qanday yengish mumkin: kundalik maslahatlar

Sizni xavotirga soladigan muammo yoki vaziyat yuzaga kelganda, bir nechta mashgʻlotlar yordam berishi mumkin:

  • Vaziyatga munosabat bildirishdan oldin tinchlanish uchun oʻzingizga vaqt bering. Misol uchun, bogʻchadan qaytayotgan farzandingiz unga nisbatan yomon munosabatda boʻlishayotgani haqida gapira boshladi. Darhol tarbiyachi bilan uchrashgandan koʻra, eng avvalo, uyga borib, bolangiz bilan gaplashganingiz maʼqul. Agar ertasi kuni ham bu narsa sizni tashvishlantirayotgan boʻlsa, u holda tarbiyachi bilan uchrashing.
  • Faqatgina vaziyatga eʼtibor qaratishga harakat qiling, qolgan ishlar bilan keyinroq shugʻullaning. Masalan, bolangizning isitmasi yuqori boʻlganidan xavotirda boʻlsangiz, hamma diqqatingizni faqatgina bolaning tuzalishiga qarating va shifokor qabuliga yoziling. Oziq-ovqat yoki kir yuvish kabi narsalar haqida esa keyinroq oʻylang.

Umuman olganda, xavotiringizni yengish uchun bir nechta oddiy ishlarni qilishingiz mumkin:

  • biror kishiga, masalan, turmush oʻrtogʻingiz, oila aʼzolaringiz yoki ishonchli doʻstingizga his-tuygʻularingiz toʻgʻrisida gapiring;
  • xuddi shunday vaziyatda boʻlishlari va oʻz tajribalari bilan oʻrtoʻqlashishlari mumkin boʻlgan boshqa ota-onalar bilan suhbatlashish uchun mahalliy ota-onalar guruhiga yoki oʻyin guruhiga qoʻshiling;
  • his-tuygʻularingizni yozish uchun kundalik yoki jurnal yuriting. Sizni xafa qilayotgan narsalarda maʼlum bir qonuniyat borligini koʻrishingiz mumkin;
  • oʻzingizni boʻsh qoʻyish, dam olish, mushaklarni boʻshashtirish va diqqatni jamlash uchun nafas olishga harakat qiling.

Agar xavotir bilan kurashish boʻyicha bunday kundalik maslahatlar yordam bermasa, professional yordamga murojaat qilgan maʼquldir. Xavotir va tashvish haqida gaplashish uchun shifokor qabuliga yozilish ajoyib birinchi qadamdir.